Bir konteynerni yakka to'ldirolmaysizmi? Mahsulotingizni boshqalar bilan birlashtiring, sifatdan o'ting va adolatli escrow to'lov bilan birga eksport qiling.
Aksariyat kichik ishlab chiqaruvchi konteynerni yakka to'ldirolmaydi. Shu sabab eksportga chiqa olmaydi. Platforma ularni birlashtiradi.
Lot joylashdan tortib pulni olguningizcha — hammasi bitta platformada.
Mahsulot turi, hajmi va narxini kiriting. Bir necha daqiqa.
Tizim mos xo'jaliklarni birlashtiradi va konteynerni to'ldiradi.
Ombor mahsulotni tekshiradi. Sifat — narx va ishonch kafolati.
Yuk jo'natiladi, escrow orqali har bir ishtirokchi ulushini oladi.
Narxdan hujjatgacha, bozordan to'lovgacha — bitta joyda.
Tannarxdan tavsiya narxgacha, EXW/FOB/CIF eksport bosqichlarigacha hisoblang. Login shart emas.
Qaysi mahsulot qaysi bozorga ochiq, qaysisi cheklangan — svetofor kabi aniq ko'rinadi.
Pul kafolatlangan hisobda turadi va yetkazgandan so'ng ulushlarga bo'linadi. Aldov yo'q.
Bozor, narx va hujjatlar bo'yicha savollaringizga platforma ma'lumotiga asoslangan javob.
Eksport uchun zarur sertifikatlar va hujjatlar bir joyda kuzatiladi va boshqariladi.
Eksportyor, importyor, ombor, logistika va operator — hammasi bitta platformada, o'z panelida.
Zanjirning har bir bo'g'ini uchun alohida imkoniyat.
Lot joylaydi, konteynerlarga birlashadi, ulushini oladi.
Talab beradi, konteyner ochadi, escrow orqali xarid qiladi.
Tasdiqlangan buyurtmalarni jo'natadi va yetkazadi.
Mahsulot sifatini tekshiradi — narx va ishonch asosi.
Tashqi bozordagi xaridor va talabni kiritadi.
Korxonalarni tasdiqlaydi, jarayonni kuzatadi.
Ipak Yo'li Jizzax viloyati hokimligi tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Bu — ishtirokchilar uchun ishonch tayanchi.
Har bir ishtirokchi tekshiruvdan o'tadi — soxta korxona yo'q.
To'lov kafolatlangan hisobda — pul faqat shartlar bajarilgach o'tadi.
Har bir bosqich — lot, pool, sifat, to'lov — tizimda ko'rinadi.
Narx kalkulyatori, konteynerlar, buyurtmalar va AI maslahatchi. Android uchun bepul yuklab oling.
Ism va telefoningizni qoldiring — jamoamiz bog'lanib, platformadan qanday foydalanishni tushuntiradi.